Italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki O'zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladi, deb xabar beradi O'FA matbuot xizmati.
43 yoshli mutaxassis milliy jamoada hujumchilarini tayyorlash jarayoniga ko'maklashadi.
Ma'lumot uchun, Rolando Byanki futbolchilik faoliyati davomida "Atalanta", "Kalyari", "Rejina", "Manchester Siti", "Torino", "Bolonya" va "Malyorka" kabi klublarda o'ynagan. Shuningdek, u turli yoshdagi Italiya milliy jamoalarida ham to'p tepgan.