Fransiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda "Lans" "Anje" darvozasini 5 bor ishg‘ol qildi.
"Lans" ochkolarini 59 taga yetkazib, "PSJ"ni (57) ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. Ammo parijliklar zaxirasida ikki o‘yin bor. "Anje" 32 ochko bilan 12-pog‘onaga joylashgan.
Liga 1. 27-tur
Lans — Anje 5:1
20 mart, "Bollar Delelis"
Gollar: Toven (13), Eduar (25, 48), Sangar (38), Udol (72) — Machin (62).
Lans — Risser, Chelik, Ganiou, Sarr, Abdulhamid, Sangar (Bulatovich, 46), Tomasson (Silla, 81), Udol, Toven (Sima, 69), Sotoka (Fofana, 70), Eduar (Sen-Maksimen, 69).