Live
5
O'zbek

Lempard «Fulhem»ni boshqarishi mumkin

Futbol
7 may, 06:37
«Koventri»ni APLga olib chiqqan murabbiy London klubiga yo‘l olishi ehtimoli bor.
Lempard «Fulhem»ni boshqarishi mumkin
Foto: Getty Images

Frank Lempard «Koventri Siti» bilan muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Richard Keys ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassisning keyingi manzili «Chelsi» emas, balki «Fulhem» bo‘lishi ehtimoli yuqori. Keys o‘z blogida bu variant eng real ssenariy ekanini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Lempardning «Koventri» bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi va yangi bitim bo‘yicha kelishuv hali tuzilmagan. Shu sabab Premyer-liga klublari murabbiyga qiziqish bildirmoqda.

«Agar Lempard ketsa, ehtimol «Fulhem»ga o‘tadi. Uning nomi aynan shu klub bilan ko‘p bog‘lanmoqda», — dedi Keys.

Shuningdek, «Fulhem» bosh murabbiyi Marku Silvaning kelajagi ham noaniq bo‘lib qolmoqda, bu esa London klubini yangi mutaxassis izlashga majbur qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lempard «Koventri»ni Chempionshipda 95 ochko bilan chempion qilib, jamoani 25 yillik tanaffusdan so‘ng APLga olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Koventri Siti Koventri Siti
Bugungi yangiliklar