Ispaniya chempionati 32-turida "Vilyarreal" o'z maydonida "Selta"ni qabul qildi. Bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Bu g'alabadan so'ng "Vilyarreal" ochkolari sonini 65 ochkoga yetkazib, 3-o'rinni mustahkamladi. Vigo klubi esa 44 ochko bilan 7-pog'onada.
La Liga. 32-tur
Vilyarreal – Selta 2:1
Gollar: Moreno 2 penalti, Pepe 29 – Iglesias 73 penalti
Vilyarreal – Tenas, Friman, Marin, Veiga, Pedrasa (Kardona, 78), Pepe, Komesanya, Guye (Parexo, 78), Moleyro (Parti, 90+2), Mikautadze.
Selta – Radu, Rodriges. Lago, Alonso (Aspas, 76), Sotelo (Lopes, 76), Mingueza, Moriba, Duran, Karreyra, Alvares (Nunes, 76), Iglesias (Gonsales, 83).