«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida yarimhimoyachi Meyson Maunt bilan xayrlashish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchining yuqori maoshi sabab doimiy transfer amalga oshishi ehtimoli past. Ayniqsa, jamoa Chempionlar ligasiga yo'l olsa, uning maoshi yana oshishi kutilmoqda.
Klub Mauntni ijaraga berishga tayyor. Kelishuv 2027 yil yozida majburiy yoki ixtiyoriy sotib olish sharti bilan bo'lishi mumkin.
Futbolchiga «Koventri Siti» qiziqish bildirmoqda. Bu jamoani Frenk Lempard boshqaradi. Ular ilgari «Chelsi» hamda «Derbi Kaunti»da birga ishlagan.
Bu mavsumda Maunt barcha turnirlarda 23 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 30 million yevroni tashkil qiladi.