Bugun
53
O'zbek

Kannavaro: «Jahon chempionatidagi natijalardan qat’i nazar, yanada kuchli bo‘lib qaytdik»

Futbol
13 oktabr, 02:50
    15
Italiyalik mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasida ishlayotganidan xursand ekanini aytdi.
Kannavaro: «Jahon chempionatidagi natijalardan qat’i nazar, yanada kuchli bo‘lib qaytdik»
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro La Gazzetta dello Sport nashriga intervyu berdi. Italiyalik mutaxassis suhbat davomida O‘zbekistonda ishlayotganidan xursand ekanini va jamoa jahon chempionatidan keyin katta tajriba orttirganini ta’kidladi.

«Bu jamoada ishlash menga juda yoqyapti. O‘zbekistonda biz tanlagan yo‘limizdan mamnunmiz. Jahon chempionatini katta ishtiyoq bilan o‘tkazdik va u biz uchun katta tajriba bo‘ldi.

Natijalardan qat’i nazar, yanada kuchli bo‘lib qaytdik. Men esa umrimdagi eng unutilmas oylardan birini, hatto eng yaxshi davrlarimdan birini yashash imkoniga ega bo‘ldim.

— Siz avval ham ko‘plab g‘alabalarni boshdan kechirgansiz…

— Murabbiylikdagi vazifa boshqacha, shuning uchun nuqtayi nazar ham o‘zgacha. Biz milliy jamoa safida hali voyaga yetmagan futbolchiga debyut qilish imkonini berdik.

Aniqrog‘i, u o‘yindan uch kun o‘tib, 17 yoshga to‘ladigan yigit edi. Bunday vaziyatda qanday qilib o‘zingni mamnun his qilmaslik mumkin?

Albatta, endi bizni Osiyo kubogi kutmoqda. Guruhimiz ancha qiyin, ammo bu davrda orttirgan tajribamiz bilan musobaqaga yo‘l olamiz. Assotsiatsiya ham birgalikda amalga oshirayotgan ishlarimizdan mamnun.

— Milliy jamoa o‘yinlarida tanaffus bo‘lganda, bosh murabbiy nima bilan shug‘ullanadi?

— So‘nggi paytlarda amalga oshirilgan ishlarni qayta ko‘rib chiqadi. Men O‘zbekiston milliy jamoasidan mamnunman, hatto faxrlanaman.

Biz yangi yo‘lni boshladik, tarkibning o‘rtacha yoshini sezilarli darajada pasaytirib, jamoani yoshartirdik va quvonarli natijalarga erishdik.

Biz ishonchli tarzda g‘alabalarga erishdik. Hatto mag‘lubiyatga uchraganimizda ham, masalan, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda, maydonni qanday o‘ynaganimizdan mamnun holda tark etdik», — dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «oq bo‘rilar» FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar