Italiya kubogida 1/16 final bahslari boshlandi.
"Milan" o'z maydonida "Lechche"ni qabul qilib, javobsiz 3 ta gol urdi va 1/8 finalga yo'l oldi. Nkunku "rossoneri" safidagi debyut to'pini kiritdi. Allegri jamoasining keyingi bosqichdagi raqibi "Latsio" bo'ladi.
Shuningdek, "Kalyari" va "Udineze" ham nimchorakfinal yo'llanmasini ijobiy hal qildi.
Italiya kubogi. 1/16 final. 23 sentyabr
Milan — Lechche 3:0
Gollar: Ximenes (20), Nkunku (51), Pulishich (64).
Milan — Menyan, Tomori, de Vinter, Pavlovich (Odogu, 79), Salemakers (Atekame, 61), Loftus-Chik, Ritchi (Fofana, 46), Rabiot, Bartesagi, Ximenes (Balentien, 68), Nkunku (Pulishich, 61).
Chetlatish: Sibert (18, Lechche).
Kalyari — Frozinoe 4:1
Gollar: Gaetano (2, penalti), Borelli (67), Mattia (80), Kavuoti (85) — Vergani (36).
Udineze — Palermo 2:1
Gollar: Zaniolo (41), Miller (45) — Peda (90+3).