Millatlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan Isroil va Irlandiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda vakillari o‘rtasida kichik mojaro yuzaga kelgan.
The Irish Times nashrining ma’lumotiga ko‘ra, isroillik futbolchilardan biri irlandiyalik murabbiyga tupurgan. Gap Irlandiya milliy jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Dэmien Doyle haqida ketmoqda.
Mutaxassisning aytishicha, jamoalar vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro vaqtida, futbolchilar hamda murabbiylar birinchi bo‘limdan so‘ng kiyinish xonalari tomon yo‘l olgan paytda unga tupurishgan. Hozircha bosh hakam bu holatni uchrashuvning rasmiy bayonnomasiga kiritgan yoki kiritmagani ma’lum emas.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu qarama-qarshilik 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Shuningdek, jamoalar yakuniy hushtakdan so‘ng avvalgi o‘zaro uchrashuvda bo‘lgani kabi qo‘l berib ko‘rishishmadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi