Bugun
6
O'zbek

Goretzka 'Milan' bilan shartnoma imzolaydi – manba

Futbol
7 may, 18:06
U 'Bavariya'ni tark etmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Goretzka 'Milan' bilan shartnoma imzolaydi – manba
Фото: Getty Images

'Bavariya' yarimhimoyachisi Leon Myunxen klubini tark etgach, 'Milan' bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqida ESPN jurnalisti Xaver Rodrigez Pasqual xabar berdi.

Avvalroq 31 yoshli futbolchi mavsum yakuniga yetganidan so'ng 'Bavariya'ni tark etishini e'lon qilgandi. Futbolchi 2018 yildan beri nemis grandi safida to'p tepib kelardi.

Bu mavsumda Goretzka klub safida barcha turnirlar doirasida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

'Milan' esa 67 ochko bilan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar