Bugun
27
O'zbek

Frenki de Yongning «Barselona»ga qaytish sanasi ma’lum bo‘ldi

Futbol
27 sentabr, 07:30
Niderlandiyalik yarimhimoyachi tizzasidagi jarohat sabab ushbu mavsumda hali «Barselona» safida maydonga tushgani yo‘q.
Frenki de Yongning «Barselona»ga qaytish sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Frenki de Yong tizzasidan olgan jarohati sabab 2026/27-yilgi mavsumda «Barselona»ning birorta bahsida ishtirok etmadi. Biroq niderlandiyalik futbolchining safga qaytishi yaqinlashmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 29 yoshli yarimhimoyachi 5 oktyabr kuni jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda. Ushbu kuni u FIFA kunlari vaqtida milliy jamoalariga bormagan futbolchilar bilan birga shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, de Yongga optimal sport formasini tiklash va o‘yin ritmiga qaytish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli uning 25 oktyabr kuni «Real»ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan El Klasikoda maydonga tushishi ham so‘roq ostida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar