«Barselona» sport direktori Deko «Chelsi»ning braziliyalik vingeri Esteaoning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
19 yoshli futbolchi London klubidagi o‘yin amaliyotidan norozi. Estevao kelajakda ham o‘zi istagan miqdorda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lmasligidan xavotirda va «Chelsi»dagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.
Qayd etilishicha, Deko braziliyalik futbolchining Londondagi hozirgi holati haqida bevosita manbalardan ma’lumot olgan. «Barselona» sport direktori yosh vinger bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Estevao bu mavsum «Chelsi» safida barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali 19 yoshli Braziliya milliy jamoasi futbolchisining transfer narxini 80 million yevroga baholamoqda. Avvalroq Estevao «Manchester Yunayted»ni rad etgani sababini tushuntirib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi