Bugun
17
O'zbek

Final oldidan: Emeri 5-bor Yevropa ligasida g'olib bo'la oladimi?

Futbol
20 may, 04:20
Istanbuldagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Final oldidan: Emeri 5-bor Yevropa ligasida g'olib bo'la oladimi?
Фото: Getty Images
20.05.2026 FT Yevropa ligasi Frayburg Frayburg 0 : 3 Aston Villa Aston Villa

Bugun, 20 may kuni Yevropa ligasi final o'yini bo'lib o'tadi. Unda «Aston Villa» klubi «Frayburg»ga qarshi bellashadi.

Istanbul shahridagi «Tyupresh» stadionida mezbonlik qiladigan qarama-qarshilikni Fransua Letekse boshchiligidagi fransiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Emery Yevropa ligasi qirolimi?

Ispaniyalik mutaxassis Yevropa ligasida g'olib chiqish bo'yicha mutaxassis hisoblanadi. U allaqachon 4 marta ushbu turnir g'olibi bo'lgan — uch bor «Sevilya» bilan, yana bir bor «Vilyarreal» bilan. Endilikda «Aston Villa» bilan 5-sovrin sari harakat qilmoqda.

Albatta, hozirda unda buning uchun yaxshi imkoniyat bor. Aslini olganda Emery o'rtamiyona jamoalarda muvaffaqiyatli ishlashga odatlangan. «Arsenal»dagi faoliyati ko'ngilgidek chiqmagani mumkin. Ammo «Sevilya» va «Vilyarreal»da jamoani sovrin sari yetaklay oldi. Birminghamliklarni ham top jamoalar safiga olib kirdi va jamoa muxlislari kutgan uzoq yillik sovringa erishishga yaqin.

Jamoalar qachon sovrin yutgan?

«Frayburg» o'z tarixida ilk bor evrokuboklar finaliga chiqdi. Darhaqiqat shunday. Bundesligada ham kamtarona byudjetga ega jamoalar qatoriga kiradi. Tarix yozishi mumkin. Buning uchun «Aston Villa»ni yengishi kerak.

«Aston Villa» so'nggi bor 1996 yilda Angliya kubogida g'olib chiqqan. 1982 yilda esa o'sha vaqtlardagi Yevropa Chempionlar kubogini yutgan. Shundan beri birminghamliklar Angliyaning o'rtamiyona jamoalaridan biri bo'lib kelmoqda.

Jamoalarning finalga qadar bosib o'tgan yo'li:

«Frayburg»: «Braga» (3:1, 1:2), «Selta» (3:1, 3:0), «Genk» (5:1, 0:1), «Lill» (0:1), «Makkabi» (1:0), «Zaltsburg» (1:0), «Viktoriya» (0:0), «Nitssa» (3:1), «Utrext» (2:0), «Bolonya» (1:1), «Bazel» (2:1)

«Aston Villa»: «Nottinghem Forest» (4:0, 0:1), «Bolonya» (4:0, 3:1), «Lill» (2:0, 1:0), «Zaltsburg» (3:2), «Fenerbahche» (1:0), «Bazеl» (2:1), «Yang Boyz» (2:1), «Makkabi» (2:0), «Iglz» (1:2), «Feyenoord» (2:0), «Bolonya» (1:0).

Tahminiy tarkiblar:

Frayburg – Atubolu, Kyubler, Ginter, Linxart, Troy, Eggeshtayn, Beste, Manzambi, Xoler, Grifo, Matanovich.

Aston Villa – Martinеs, Kesh, Konsa, Torres, Din, Lindelof, Tilemans, Makginn, Rojers, Buendia, Uotkins.

«Men turnirning qirolli emasman»

«Aston Villa» bosh murabbiyi final olidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Men bu turnirning qirolli emasman. Hozir «Aston Villa» bilan faoliyatimda yangi sahifa ochildi. Ilgari bo'lgan voqealarning barchasi o'tmishda qoldi. Ertaga hozirgi jamoam bilan va ayni damdagi raqibga qarshi bahsda g'alaba qozonishimiz kerak», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, «Frayburg» – «Aston Villa» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frayburg Frayburg
  • Aston Villa Aston Villa
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar