Live
4
O'zbek

FIFA Afrikaning eng yaxshi hakami JCHda ishlay olmasligini tasdiqladi

Futbol
9 iyun, 05:45
AQSH Somalilik hakam Umar Artanga mamlakatga kirish uchun ruxsat bermadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
FIFA Afrikaning eng yaxshi hakami JCHda ishlay olmasligini tasdiqladi
Foto: Getty Images

FIFA somalilik hakam Umar Abdulqodir Artan 2026 yilgi Jahon chempionatida faoliyat yurita olmasligini rasman tasdiqladi.

Avvalroq Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan 2025 yilning eng yaxshi hakami deb topilgan Artanga AQSHga kirish uchun ruxsat berilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

FIFA bayonotida ushbu ma’lumot tasdiqlandi.

«FIFA Umar Abdulqodir Artan AQSHga kirish huquqini olmagani sababli 2026 yilgi Jahon chempionatida mashg‘ulotlar o‘tkaza olmasligi va o‘z vazifalarini bajara olmasligini tasdiqlaydi.

FIFA mezbon mamlakatning migratsiya jarayonlarida, jumladan viza masalalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etmaydi. Vakolatli organlar bizni Artanning maqomi yaqin vaqt ichida o‘zgarmasligi haqida xabardor qildi.

Avvalgi FIFA musobaqalarida bo‘lgani kabi, yakuniy qarorni mezbon davlat qabul qiladi va kimga viza berilishi hamda mamlakatga kirishiga ruxsat etilishi shu davlat vakolatiga kiradi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Qayd etilishicha, viza olishdagi qiyinchiliklar sabab Somali elchixonasi hakamga yordam ko‘rsatgan va unga diplomatik pasport ham taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Umar Artan 2025 yilda CAF tomonidan Afrikaning eng yaxshi hakami deb e’tirof etilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar