«Byornli»ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker yana Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
The Sun xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchiga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi bosh murabbiyi Devid Moyes transfer oynasi yopilishidan oldin tarkibni kuchaytirishni istamoqda.
Uoker 2025 yil yozida «Manchester Siti»dan 5 million yevro evaziga «Byornli» safiga qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda tajribali himoyachi APLda mazkur klub safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq jamoasini quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qola olmadi.
Endilikda «Byornli»ning Chempionshipga tushib ketgani sababli Uokerni nisbatan arzonroq narxda sotib olish mumkin. «Everton» aynan shu imkoniyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Uokerning Transfermarkt bo‘yicha bozor qiymati 1,5 million yevroga baholanmoqda.