Live
1
O'zbek

Dias: «Keyn «Oltin toʻp»ga munosib. U uzoq vaqtdan beri yuqori darajani koʻrsatmoqda»

Futbol
16 sentabr, 10:47
«Bavariya» vingeri jamoadoshini individual mukofotga loyiq deb hisoblaydi.
Dias: «Keyn «Oltin toʻp»ga munosib. U uzoq vaqtdan beri yuqori darajani koʻrsatmoqda»
Foto: Getty Images

«Bavariya» vingeri Luis Dias jamoa hujumchisi Harri Keyn «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.

Myunxen klubi va Angliya milliy jamoasi forvardi dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilgan.

«Bu masala boʻyicha koʻpchilik oʻz fikrini bildirganini koʻrdim. Har kimning oʻz qarashi bor, toʻgʻrimi? Va bu fikrni hurmat qilish kerak.

Shaxsan men esa Harri sovrin sohibi boʻlishi kerak, deb hisoblayman. U — dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri va buni juda uzoq vaqtdan beri namoyish etib kelmoqda. U oʻtkazgan mavsum esa shunchaki aqlbovar qilmas darajada ajoyib boʻldi»
, — deya kolumbiyalik futbolchining soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar