Live
2
O'zbek

"Deportivo" 8 yillik tanaffusdan so'ng La Ligaga qaytdi

Futbol
24 may, 19:30
La-Korunya klubi Segunda yakuniga bir tur qolganida yo'llanmani kafolatladi.
"Deportivo" 8 yillik tanaffusdan so'ng La Ligaga qaytdi
Foto: Deportivo

"Deportivo" 2018 yildan so'ng ilk bor La Ligada o'ynaydi.

La-Korunya klubi "Valyadolid"ni (2:0) mag'lub etib, Segunda yakuniga bir tur qolganida yuqori divizion yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa 77 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi, 3-pog'onadagi "Almeriya"da 71 ochko bor.

Shu tariqa "Deportivo" kamida 2-o'rindan tushib ketmaslikni va 2026/27 yilgi mavsumni La Ligada o'tkazishni kafolatladi.

"Deportivo" Ispaniya yuqori divizionida oxirgi marta 2017/18 yilgi mavsumda o'ynagan. Klub hatto 2020 yilda uchinchi divizionga tushib ketgan va 2024 yilgacha ikkinchi divizionga chiqolmagandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Rasing” La Liga yoʻllanmasiga ega chiqqandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar