Live
17
O'zbek

«Chelsi» «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamara bilan qiziqmoqda

Futbol
28 sentabr, 06:00
London klubi yozda amalga oshmagan transferga qaramay, senegallik futbolchini kuzatishda davom etmoqda.
«Chelsi» «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamara bilan qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamara Londonning «Chelsi» klubi radarida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» yozgi transfer oynasida amalga oshmay qolgan kelishuvga qaramay, 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan. Biroq 2027-yilda tomonlar o‘rtasidagi transfer amalga oshishiga hozircha kafolat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Kamara 2024-yildan buyon «Monako» safida to‘p tepmoqda. Kamara ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida yettita bahsda maydonga tushdi. Senegallik yarimhimoyachi ushbu bahslarda bir gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kamaraning transfer qiymati 55 mln yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar