Bugun
27
O'zbek

«Chelsi» «Milan» hujumchisi Kamardaga qiziqish bildirmoqda

Futbol
23 sentabr, 02:00
18 yoshli italiyalik futbolchi bir nechta APL klublari e’tiborida.
«Chelsi» «Milan» hujumchisi Kamardaga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Milan» hujumchisi Franchesko Kamarda yana «Chelsi» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 18 yoshli hujumchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Kamarda ushbu mavsumda «Milan» safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. Italiyalik futbolchi mavsum boshidan buyon barcha turnirlarda ikki marta maydonga tushgan va har ikki bahsda ham uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Shunga qaramay, «Milan» Kamarda bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Klub 18 yoshli hujumchini kelajak uchun muhim futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Kamardaga «Chelsi»dan tashqari «Manchester Siti», «Tottenhem», «Brayton» va «Brentford» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Kamarda «Milan» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh hujumchi professional futboldagi faoliyatini italyan klubi safida boshlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Brayton Brayton
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar