Germaniya chempionatining 14-turida "Shtutgart" Bremenda "Verder"ni tor-mor etdi.
"Shtutgart" ochkolarini 25 taga yetkazib, 6-o'ringa ko'tarildi. "Verder" 16 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.
Bundesliga. 14-tur
Verder — Shtutgart 0:4
14 dekabr, "Vezershtadion"
Gollar: Al Hannus (40), Leveling (44), Undav (79), Fyurix (90+7).
Verder — Bekhaus, Sugavara, Piper, Kulibali, Fridl (Shtark, 57), Linen (Puertas, 77), Stage, Gideon (Bitenkur, 77), Shmid, Mbangula (Shmidt, 64), Gryl (Torr, 64).
Shtutgart — Nyubel, Yelch (Ad Dahil, 90), Shabo, Hendriks, Vagnoman, Karazor, Shtiller, Leveling (Mittelshtadt, 82), Al Hannus (Fyurix, 77), Narti (Tomas, 76), Undav (Buanani, 89).
Ogohlantirish: Kulibali (11).
Chetlatish: Kulibali (59).