Germaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan so‘nggi uch o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Shtutgart" (53) "Augsburg"ga (31, 10-o‘rin) 5 ta gol urib, 3-o‘rinni mustahkamladi. "Ayntraxt" (38, 7-o‘rin) mehmonda "Mayns"ga (30, 11-o‘rin yutqazdi. "Frayburg" (37, 8-o‘rin) esa "Sankt-Pauli"dan (24, 16-o‘rin) ustun keldi.
Bundesliga. 27-tur. 22 mart
Augsburg — Shtutgart 2:5
Gollar: Rider (57), Kade (71) — Undav (12, 58), Tomas (29), Narti (31), Demirovich (83).
Mayns — Ayntraxt 2:1
Gollar: Nebel (6, 89) — Braun (20).
Sankt-Pauli — Frayburg 1:2
Gollar: Sinani (24) — Matanovich (65, 78).