Live
1
O'zbek

Bellinghem: «U — Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi»

Futbol
28 iyun, 08:08
Yarimhimoyachi Angliya milliy jamoasi sardori haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Bellinghem: «U — Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem hujumchi Harri Keyn haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Oxirgi to‘rt-besh yil ichida Harri bilan ajoyib munosabatlardamiz — ayniqsa, biz maydonda tandem bo‘lib harakat qila boshlagan Qatardagi mundialdan so‘ng. U bilan birga to‘p tepish men uchun sharaf. Nazarimda, u — Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U rivojlanishda davom etmoqda va bu shunchaki ajoyib. Sardorligi tufayli ham u qanchalik harakat qilayotgani va jamoani ortidan ergashtira olayotgani ko‘rinib turibdi. Uning mahoratini ta’riflash uchun ortiqcha so‘z shart emas: u — eng yaxshisi», — deya Bellinghem so‘zlaridan iqtibos keltiradi ITV.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi 7 ochko bilan L guruhidan yetakchi sifatida pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar