"Barselona" klubining Marokashning "Ittihod Tanjers"iga qarshi bahsi bekor qilindi. Ushbu bellashuv Tanjers shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgandi.
"Barselona" 15 avgust kuni Tanjersda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan jamoaning o'rtoqlik o'yini bekor qilinganligini ma'lum qiladi. Hozirgi noaniqlik va yuzaga kelgan vaziyat fonida klub ushbu uchrashuvni o'tkazishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi», — deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, "Barselona" ushbu o'yindagi ishtiroki uchun 4,5 million yevro olishi ko'zda tutilgan edi.
Avvalroq klubning "Preston"ga qarshi o'rtoqlik bellashuvi ham boshqa bekor qilingandi.