Bugun
7
O'zbek

«Barselona» futbolchilari Ferranning qaroridan norozi

Futbol
12 avgust, 02:00
Ispaniyalik hujumchining «PSJ» bilan muzokaralarni jamoadoshlaridan yashirgani jamoa ichida norozilik keltirib chiqargan
«Barselona» futbolchilari Ferranning qaroridan norozi
Foto: Getty Images

Ferran Torresning «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi tobora yaqinlashmoqda. Jurnalist Jerar Romero xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Parij klubi bilan kelishuvga erishgan va transfer bo‘yicha yakuniy muzokaralar davom etmoqda.

Biroq bu holat «Barselona» futbolchilari orasida norozilikka sabab bo‘lgan. Ayrim jamoadoshlari Torresning «PSJ» bilan muzokaralarni «yashirincha» olib borgani va klubni tark etish ehtimoli haqida jamoaga hech narsa aytmaganidan norozi bo‘lgan.

Bu esa hujumchi va ayrim jamoadoshlari o‘rtasida taranglik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Ayni paytda «PSJ» Torresning transferini imkon qadar tezroq yakunlashga intilmoqda. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar transfer summasi bo‘yicha ham kelishuvga yaqinlashgan.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres o‘tgan mavsum «Barselona» safida 49 ta uchrashuvda 21 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar