Angliya Premyer Ligasining 2025/26-yilgi mavsumi yakunlandi va Yevrokuboklarga yo‘l olgan klublar nomi ma’lum bo‘ldi.
Kelasi mavsum Chempionlar Ligasida Angliyani beshta klub himoya qiladi. APL ushbu mavsumdagi muvaffaqiyatli natijalar sabab qo‘shimcha yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
Chempionlar Ligasi:
«Arsenal»
«Manchester Siti»
«Manchester Yunayted»
«Aston Villa»
«Liverpul»
Yevropa Ligasi:
«Bornmut»
«Sanderlend»
Konferensiyalar Ligasi:
«Brayton»
Shuningdek, «Kristal Pelas» 27-may kuni Konferensiyalar Ligasi finalida «Rayo Valyekano»ga qarshi maydonga tushadi. London klubi g‘alaba qozonsa, keyingi mavsum Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.