Andre-Frank Zambo Angissaning kelajagi transfer mish-mishlari markazida qolmoqda. So‘nggi vaqtlarda kamerunlik futbolchining yanvar oyidayoq «Napoli»ni tark etishi mumkinligi haqida ko‘p gapirilmoqda.
Shuningdek, yarimhimoyachining Italiyaga ko‘chib o‘tishidan avval to‘p tepgan «Marsel»ga qaytishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham paydo bo‘ldi.
Biroq Fransiyaning Footmercato nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyat Italiya matbuotida tasvirlanayotganidan farq qiladi. Manbaning xabar berishicha, Angissa «Napoli» bilan birgalikda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlariga to‘liq e’tibor qaratgan.
Futbolchi mavsum o‘rtasida jamoani tark etish niyatida emas. Shu sababli uning yanvar oyidagi transferi haqidagi xabarlar hozircha tasdiqlanmagan.