Bugun
23
O'zbek

Alvares yanvarda «Barselona»ga o‘tish uchun bosim o‘tkazishi mumkin

Futbol
23 sentabr, 01:30
    16
«Atletiko» hujumchisi qishki transfer oynasida Kataloniya klubiga o‘tish istagida ekani aytilmoqda.
Alvares yanvarda «Barselona»ga o‘tish uchun bosim o‘tkazishi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tish istagida. Topskills Sports UK xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi yanvar oyida transferni amalga oshirish uchun klubiga bosim o‘tkazishga tayyor.

26 yoshli hujumchi yozgi transfer oynasida ham «Barselona»ga o‘tishni istagan, biroq «Atletiko» muzokara olib borishdan bosh tortgani sababli kelishuv amalga oshmagan. Manbaga ko‘ra, Alvares Madrid klubi muxlislarining unga munosabatidan ham hafsalasi pir bo‘lgan.

Shu sababli argentinalik futbolchi qishki transfer oynasida «Barselona»ga o‘tish g‘oyasini yana ilgari surishi mumkin. Biroq kataloniyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirishga hozircha katta ehtiyoj ko‘rmayapti.

Bunga «Barselona» hujumchisi Rafinya Diasning ushbu mavsum boshida markaziy hujumchi sifatida juda samarali o‘yin namoyish etayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga ko‘chib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar