Live
1
O'zbek

Aguero Husanov haqida: «Shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

Futbol
5 may, 13:39
Argentinalik forvard Abduqodir haqida iliq fikrlarni bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Aguero Husanov haqida: «Shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» afsonasi Serxio Aguero «shaharliklar»ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

«Husanov tezkor va tajovuzkor. Menga bu jihatlari yoqadi. Lekin vaqt o'tishi bilan uning qanday rivojlanishini ko'rishimiz kerak. Har doim futbolchini qancha vaqt o'z saviyasini saqlab qolganiga qarab baholayman. Agar u 3-4 yil davomida shu darajani saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanadi.

U hozirda ulkan salohiyatga ega. Agar shu tarzda davom etsa hammasi yaxshi bo'ladi. Qachonki Husanov asosiy tarkibda bo'lsa, bu muhim» - deya Aguero'ning so'zlaridan keltiradi Stake nashri.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir 2025 yilning yanvaridan beri «Manchester Siti» tarkibida to'p tepib keladi. Manchester klubi bilan Angliya liga kubogida g'olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar