Italiya chempionatining 34-turini yakunlab bergan o'yinda "Latsio" "Udineze" bilan gollar shousi tashkil etdi va 90+5-daqiqada Maldini tomonidan kiritilgan to'p evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Sarri jamoasi ochkolarini 48 taga yetkazib, 8-o'ringa ko'tarildi. "Udineze"da 44 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.
A Seriya. 34-tur
Latsio — Udineze 3:3
28 aprel, "Olimpiko"
Gollar: Pellegri (50), Pedro (80), Maldini (90+5) — Ehizibue (18), Atta (86, 90+3).
Latsio — Motta, Lazzari, Romagnoli, Provstgaard, Pellegri (Tavaresh, 84), Bashich, Patrik, Teylor (Dele-Bashiru, 61), Kancheleri (Isaksen, 65), Dia (Pedro, 61), Noslin (Maldini, 76).
Udineze — Okoye, Kristensen, Kabasela (Zarraga, 82), Sole, Ehizibue (Bayo, 82), Petrovskiy (Miller, 65), Atta, Kamara (Arizala, 82), Zaniolo, Ekkelenkamp (Buksa, 69), Guye.
Ogohlantirishlar: Kancheleri (41), Pellegri (57), Zarraga (90), Patrik (90+7).