Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda “Napoli” o‘z uyida “Torino”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Neapolliklar safida oktyabr oyi so‘ngida jarohat olgan Kevin De Bruyne deyarli 4,5 oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi.
Konte jamoasi ochkolarini 56 taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamladi. “Torino” 30 ochko bilan 14-pog‘onada.
A Seriya. 28-tur
Napoli – Torino 2:1
6 mart, Maradona nomidagi stadion
Gollar: Alisson (7), Elmaz (68) – Kazadei (87).
Napoli – Milinkovich-Savich, Buonjorno, Olivera, Jezuz, Politano (Mazzoki, 84), Spinazzola (Gutierrez, 69), Gilmur, Elmaz, Vergara (Angissa, 46), Alisson (De Bruyne, 79), Hoylund (Lukaku, 84).
Torino – Paleari, Koko, Ismayli, Ebosse, Lazaro, Gineytis (Kazadei, 67), Prati (Anjorin, 78), Vlashich, Obrador (Pedersen, 57), Simeone (Kulenovich, 67), Sapata (Adams, 57).
Ogohlantirishlar: Gineytis (63), Ismayli (64), Lazaro (73).