Italiya chempionatining 25-turidan o'rin olgan bir qancha o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Bolonya" (33, 8-o'rin) safarda "Torino"ni (27, 14-o'rin), "Sassuolo" (32, 10-o'rin) esa "Udineze"ni (32, 11-o'rin) mag'lubiyatga uchratdi. "Parma" (29, 12-o'rin) "Verona"dan (15, 20-o'rin) ustun keldi. "Kremoneze" (24, 15-o'rin) va "Jenoa" (24, 16-o'rin) o'rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi.
A Seriya. 25-tur. 15 fevral
Torino — Bolonya 1:2
Gollar: Vlashich (62) — Vlashich (49, avtogol), Kastro (70).
Udineze — Sassuolo 1:2
Gollar: Sole (10) — Lorente (56), Pinamonti (58).
Parma — Verona 2:1
Gollar: Bernabe (4), Pellegrino (43) — Harrui (43, penalti).
Chetlatish: Orban (11, Verona).
Kremoneze — Jenoa 0:0