Live
1
O'zbek

6 nafar futbolchi "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi

Futbol
8 yanvar, 02:00
Avvalroq "sherlar" Bozorov, Nasrullaev va Quvvatov transferlarini e'lon qilgandi.
6 nafar futbolchi "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi
Foto: FC Pakhtakor

6 nafar futbolchi "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Shartnomasi yakunlangani sababli jamoamiz olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Nikita Shevchenko, Jonatan, Umar Adhamzoda, Diyor Xolmatov, Brayen Riaskos va Bobur Abduxoliqov erkin agent sifatida "Paxtakor" bilan xayrlashdi", — deyiladi xabarda.

Ma'lumot o'rnida, "sherlar" o'tgan mavsum Superligada 60 ochko to'plab, 2-o'rinni qo'lga kiritgandi. Avvalroq "Paxtakor" Bozorov, Nasrullaev va Quvvatov transferlarini e'lon qilgandi.

6 nafar futbolchi "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi
Foto: FC Pakhtakor
Bugungi yangiliklar