Toshkentning "Paxtakor" klubi Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullayev va Sanjar Quvvatovni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bozorov va Nasrullayev bunga qadar "Nasaf" sharafini himoya qilgan bo'lsa, Quvvatovning so'nggi jamoasi "Qizilqum" bo'lgandi. Qayd etish lozim, Quvvatov 2019-2023 yillar oralig'ida "sherlar" safida to'p tepgan va 106 ta o'yinda maydonga tushgan.
Ma'lumot o'rnida, Sanjar "Paxtakor" safida 35, Oybek 77, Sherzod esa 34-raqam ostida harakat qiladi. Avvalroq "Paxtakor"ning Antaliya yig'inidagi raqiblari ma'lum qilingan edi.