Bugun
17
O'zbek

«Zenit» 11 karra Rossiya chempioniga aylandi

Futbol
17 may, 13:20
Sankt-Peterburg klubi tarixda umumiy 12-bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
«Zenit» 11 karra Rossiya chempioniga aylandi
Foto: Getty Images
17.05.2026 FT Rossiya Premer-ligasi FC Rostov FC Rostov 0 : 1 Zenit St. Petersburg Zenit St. Petersburg

Rossiya Premyer-ligasining 2025/26 yilgi mavsumi yakunlandi.

So‘nggi turda «Zenit» safarda «Rostov»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona golga Aleksandr Sobolev mualliflik qildi.

Sankt-Peterburgliklar mavsumni 68 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Amaldagi chempion «Krasnodar» esa 66 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikni Moskvaning «Lokomotiv» klubi yakunlab berdi.

Shu tariqa, «Zenit» o‘z tarixida 12-bor mamlakat chempioniga aylandi. Klub 11 marta Rossiya chempionatida, bir marta esa 1984 yilda SSSR chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

Rossiya Premyer-ligasi yakuniy jadvaliga ko‘ra, «Pari NN» va «Sochi» quyi ligaga ravona bo‘ldi. «Akron» hamda Maxachqal’aning «Dinamo» klublari esa elitada qolish uchun pley-off bahslarida ishtirok etadi.

RPL. 30-tur natijalari

«Rostov» 0:1 «Zenit»
«Rubin» 2:2 «Pari NN»
«Dinamo» Maxachqala 0:0 «Spartak»
«Krilya Sovetov» 4:1 «Akron»
SSKA 3:1 «Lokomotiv»
«Sochi» 1:1 «Axmat»
«Baltika» 1:2 «Dinamo» Moskva
«Krasnodar» 3:0 «Orenburg»

RPL yakuniy jadvali:

1. «Zenit» — 68 ochko

2. «Krasnodar» — 66

3. «Lokomotiv» — 53

4. «Spartak» — 52

5. SSKA — 51

6. «Baltika» — 46

7. «Dinamo» Moskva — 45

8. «Rubin» — 43

9. «Axmat» — 37

10. «Rostov» — 33

11. «Krilya Sovetov» — 32

12. «Orenburg» — 29

13. «Akron» — 27

14. «Dinamo» Maxachqala — 26

15. «Pari NN» — 23

16. «Sochi» — 22

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Rostov FC Rostov
  • Zenit St. Petersburg Zenit St. Petersburg
  • Rossiya Premer-ligasi Rossiya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar