Live
2
O'zbek

Zakariya: «Chelsi»da yaxshi, ammo «Monako»da yaxshiroq»

Futbol
22 sentabr, 10:37
Fransuz klubi sardori jamoadoshi Lamin Kamaraning London jamoasiga transferi amalga oshmay qolgani haqida.
Zakariya: «Chelsi»da yaxshi, ammo «Monako»da yaxshiroq»
Foto: Gettyimages

«Chelsi»da o‘ynagan «Monako» sardori Denis Zakariya jamoadoshi Lamin Kamaraning London klubiga o‘ta olmagani haqida fikr bildirdi.

«Men unga «Chelsi»da yaxshi, lekin «Monako»da yaxshiroq ekanini aytdim. U professional. O‘ylaymanki, amalga oshmagan bu transfer uni yanada kuchliroq qildi. U «Lans»ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi», - deya Zakariyaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Get French Football News.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Kamara «aristokratlar» safiga borib qo‘shilish arafasida edi, biroq so‘nggi kuni «Monako» kelishuvni blokladi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Kamara barcha musobaqalarni inobatga olib hisoblaganda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar