Xorvatiyaning Zagreb shahrida 13–15 noyabr kunlari dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 70 ta mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi. Jamoa tarkibidan Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova va Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov kabi tajribali sportchilar joy olgan.
Musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik dzyudochilar ro‘yxati:
- 66 kg: Azizbek Ortiqov
- 81 kg: Arslonbek Tojiyev
- 81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
- 90 kg: Davlat Bobonov
- 52 kg: Diyora Keldiyorova
O‘zbekistonlik sportchilar uch kun davom etadigan musobaqada o‘z vazn toifalarida sovrinli o‘rinlar uchun bellashadi.
Avvalroq dzyudo bo‘yicha Kamoliddin Baxtiyorov Abu-Dabi «Katta dubulg‘a» turnirida sovrindor bo‘lgani ma’lum qilingandi.