Bugun
51
O'zbek

Yaponiyalik Kadzuyoshi Miura 59 yoshida dubl qayd etdi

Futbol
19 avgust, 23:20
Avvalroq futbolchi qariyb 4 yillik tanaffusdan so'ng rasmiy uchrashuvlardagi ilk golini urgandi.
Yaponiyalik Kadzuyoshi Miura 59 yoshida dubl qayd etdi
Foto: Getty Images

Yaponiyaning daraja jihatidan uchinchi divizionida harakat qiladigan "Fukusima Yunayted" safida o'ynayotgan yarimhimoyachi Kadzuyoshi Miura Imperator kubogi doirasidagi uchrashuvda ikki marta gol urdi.

Miura "Oyama"ga qarshi bahsda dubl qayd etib, jamoasining 7:0 hisobidagi yirik g'alabasiga hissa qo'shdi. Ma'lumot o'rnida, iyul oyida Kadzuyoshi qariyb 4 yillik tanaffusdan so'ng rasmiy uchrashuvlardagi ilk golini urgandi.

Qayd etish lozim, 59 yoshli Miura faoliyatini davom ettirayotgan eng yoshi katta professional futbolchi hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar