Kazuyoshi Miura rasmiy o'yinlarda qariyb to'rt yildan keyin ilk golini urdi.
Avvalroq Yaponiyaning kuch jihatdan uchinchi ligasida ishtirok etuvchi «Fukushima United» klubi huquqiy jihatdan «Yokohama»ga tegishli bo'lgan 59 yoshli futbolchi bilan ijaraga shartnomasini uzaytirganini e'lon qilgandi.
Miura Imperator kubogi doirasidagi «Ivaki Furukava»ga (7:0) qarshi bahsda to'p kiritdi.
Yarim himoyachi bellashuvning 52-daqiqasida jarima maydonchasiga yorib kirib, jamoa do'stining uzatmasini birinchi teginishdayoq aniq zarba bilan darvozaga yo'naltirib, hisobni 5:0 ga yetkazdi.
O'yin kuni 59 yosh va 149 kunlik bo'lgan Miura golni jamoa do'stlari bilan nishonlagach, uch daqiqa o'tib maydonni tark etdi.
Bu futbolchining rasmiy bahslarda 2022 yil noyabridan beri birinchi goli bo'ldi. O'shanda u «Atletico Suzuka» safida Yaponiya ligasida «Osaka»ga qarshi o'yinda gol urgandi.
59 yoshli Miura 4 yillik tanaffusdan so'ng gol urdi
Futbol
26 iyul, 12:13
Futbolchi Imperator kubogida to'p kiritdi.
Foto: Getty Images