Bugun
27
O'zbek

Yamal mashg‘ulotlarda jarima zarbalariga alohida e’tibor qaratmoqda

Futbol
23 sentabr, 00:30
    8
«Barselona» vingeri doimiy rivojlanishga intilayotganini va ayniqsa standart vaziyatlar ustida ishlayotganini aytdi.
Yamal mashg‘ulotlarda jarima zarbalariga alohida e’tibor qaratmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal mashg‘ulotlarda o‘z ustida olib borayotgan ishlari haqida gapirdi. Ispaniyalik futbolchi doimiy ravishda rivojlanishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

19 yoshida ko‘plab muhim sovrinlarni qo‘lga kiritgan Yamal faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga hali yetib bormaganini avval ham bir necha bor bildirgan. U mashg‘ulotlarda o‘yinning turli jihatlarini takomillashtirishga e’tibor qaratayotganini aytdi.

«Men hamma jihatlarim ustida ishlashga harakat qilaman. Yosh bo‘lganingizda oldinda hali ko‘p vaqt bo‘ladi, yanada rivojlanishingiz va ko‘p narsalarni o‘rganishingiz mumkin. So‘nggi vaqtlarda jarima zarbalarini faol mashq qila boshladim. Bu borada hali o‘sishim uchun imkoniyatlar bor», — deya futbolchining so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Yamal ushbu mavsumni ham samarali boshladi. U «Barselona» safida sakkizta bahsda maydonga tushib, yettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Yamal «Barselona»ning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar