Bugun
43
O'zbek

«Xorazm» 25 yildan beri «Paxtakor»ni yenga olmayapti

Futbol
23 oktabr, 04:25
Superliga 26-turi doirasida xorazmliklar o'z maydonida Toshkent klubini qabul qiladi.
«Xorazm» 25 yildan beri «Paxtakor»ni yenga olmayapti
Foto: Xorazm PFC

«Xorazm» 25 yildan beri «Paxtakor»ni yenga olmayapti.

Bugun Superliga 26-turi doirasida «Xorazm» o'z maydonida «Paxtakor»ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan O'zPFL matbuot xizmati o'yin haqida qiziqarli ma'lumot taqdim etdi.

Unga ko'ra, xorazmliklar 25 yildan beri Toshkent klubi ustidan g'alaba qozona olmayapti. Jamoa oxirgi marta 2000 yil Toshkentda kechgan bahsda zafar quchgan. Shundan so'ng o'tkazilgan 8 bellashuvda 1 marta durang va 7 bor poytaxtliklar g'alabasi qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, «Xorazm» — «Paxtakor» bahsi bugun soat 18:00 da start oladi. Avvalroq «Buxoro» 7 yildan beri «So'g'diyona»ni mag'lub eta olmayotgani ma'lum qilingan edi.

«Xorazm» 25 yildan beri «Paxtakor»ni yenga olmayapti
Foto: O'zPFL
Bugungi yangiliklar