"Buxoro" 7 yildan beri "So'g'diyona"ni mag'lub eta olmayapti.
Bugun Superliga 26-turi doirasida "Buxoro" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan O'zPFL matbuot xizmati o'yin haqida qiziqarli ma'lumot taqdim etdi.
Unga ko'ra, buxoroliklar 7 yildan beri Jizzax klubi ustidan g'alaba qozona olmayapti. Jamoa oxirgi marta 2018 yil o'z mezbonligi ostida kechgan bahsda zafar quchgan. Shundan so'ng o'tkazilgan 8 bellashuvda 2 marta durang va 6 bor jizzaxliklar g'alabasi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" — "So'g'diyona" bahsi bugun soat 18:30 da start oladi.

Foto: O'zPFL