"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi "Chelsi"ni boshqarishga tayyor.
Biroq London klubi ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" bosh murabbiy lavozimi uchun Xabi Alonso, Marku Silva va Andoni Iraola nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Ushbu mutaxassislar klub tomonidan jiddiy ravishda kuzatilmoqda.
Xaviing so'nggi ish joyi "Barselona" bo'lgan. U jamoani 2021–2024 yillar davomida boshqarib, klub bilan Ispaniya chempionati va Superkubogini qo'lga kiritgan