Butunjahon antidoping agentligi (WADA) AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa amerikalik rasmiylarga 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati hamda 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tashrif buyurishni taqiqlashni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Agentlik matbuot xizmati bu haqda rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Avvalroq Associated Press nashri AQSh tomonidan WADAga yillik badallar to‘lanmagani sabab Tramp va boshqa rasmiylarga jahon chempionati hamda Olimpiya o‘yinlariga kirish taqiqlanishi mumkinligini yozgandi.
WADA esa ushbu xabar chalg‘ituvchi ekanini ta’kidladi.
Bayonotda qayd etilishicha, agar agentlik moliyalashtirilishi kamayadigan bo‘lsa, bundan butun dunyo sportchilari, jumladan AQSh atletlari ham zarar ko‘rishi mumkin.