Live
2
O'zbek

Vinisius: «Milliy jamoada muayyan rolim bor. Bu mendan katta mas'uliyatni talab qiladi»

Futbol
7 may, 10:48
Braziliyalik futbolchi FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Vinisius: «Milliy jamoada muayyan rolim bor. Bu mendan katta mas'uliyatni talab qiladi»
Фото: Getty Images

«Real» va Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Vinisius Junior JCH-2026dan nimalar kutayotganini aytdi.

«Bu musobaqa men uchun juda katta ahamiyatga ega. Chunki endi men avvalgidek faqat yosh va istiqbolli futbolchi emasman. Milliy jamoada muayyan rolim bor. Bu mendan katta mas'uliyatni talab qiladi. Muxlislar ham, murabbiylar ham mendan ko'proqni kutishmoqda.

Men buni bosim sifatida emas, balki o'zimga bo'lgan katta ishonch sifatida qabul qilaman. Shu sabab turnirni o'zimni yana bir pog'ona yuqoriga olib chiqish imkoniyati deb ko'ryapman», — deya Vinisiusning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar