UYEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasi yarimfinal javob o‘yinlari yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar futbolchilar nomini e’lon qildi.
Bu nom uchun «Pari Sen-Jermen» himoyachisi Vilyam Pacho va «Arsenal» yarimhimoyachisi Deklan Rays da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pacho «Bavariya» bilan javob bahsida (1:1) 90 daqiqa harakat qildi, qaydnomaga kiritiladigan samarali harakatlar amalga oshirmagan bo‘lsa-da, o‘yin davomidagi yakkakurashlarning deyarli barchasi ustun kelib, jamoasi finalga chiqishida muhim rol o‘ynadi. Rays ham bevosita samarali harakatlar amalga oshirmadi, ammo «Arsenal»ning «Atletiko» ustidan g‘alabasiga (1:0) salmoqli hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi finalida «PSJ» «Arsenal» bilan uchrashadi. Bahs 30-may kuni Vengriyaning Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.