Live
17
O'zbek

Umarali Rahmonaliyev Qozog‘iston klublarining taklifini rad etdi

Futbol
26 noyabr, 11:48
Bu haqda Qozog‘istonning ASnews.kz nashri xabar berdi.
Umarali Rahmonaliyev Qozog‘iston klublarining taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasi va Ozarboyjonning «Sabah» klubi yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev Qozog‘iston chempionatiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Qozog‘istonning ASnews.kz nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir qator Qozog‘iston klublari 23 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan. Biroq Umarali faoliyatini G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan birida davom ettirishni maqsad qilgan.

Hozircha futbolchining Yevropaning muayyan klubi bilan muzokara olib borayotgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, «Sabah» bu yilning yanvar oyida o‘zbekistonlik yarimhimoyachini «Rubin» klubidan 400 ming yevro evaziga sotib olgan.

Bugungi yangiliklar