Live
3
O'zbek

«Tottenhem» Savio uchun taklifni yaxshilab, 80 million yevro bermoqchi

Futbol
21 avgust, 07:41
Ezeni qo'ldan chiqargan londonliklar e'tiborni yana braziliyalik vingerga qaratishdi.
«Tottenhem» Savio uchun taklifni yaxshilab, 80 million yevro bermoqchi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» Savio transferi bo'yicha taklifni yaxshilamoqchi.

Globo xabar berishicha, London klubi 21 yoshli vinger uchun taklifni 80 million yevrogacha ko'tarmoqchi.

Bungacha «shaharliklar» braziliyalik futbolchini 70 million yevroga sotmagani xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda Savio Angliya Premyer-ligasida 29 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgani va yana 1 ta golga assistentlik qilgani xabar qilingan.

Avvalroq «Tottenhem» «Kristal Pelas» vingeri Eberechi Eze uchun kurashda «Arsenal»ga yutqazgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar