Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yuri Tilemans Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi bahs oldidan markaziy hujumchi Romelu Lukakuning ishtirok etmasligi haqida fikr bildirdi.
«Bu jamoamiz uchun jiddiy yo‘qotish. Romelu ko‘p yillardan buyon milliy jamoamizning bir qismi hisoblanadi. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa ham, bizga foyda keltira olishini yaxshi bilamiz. Uning safimizda bo‘lmasligi juda achinarli. Umid qilamanki, biz yangi sinovni muvaffaqiyatli yengib o‘tamiz», — deya yarimhimoyachining so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.
Ma’lumot uchun, Turkiya va Belgiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.