Live
1
O'zbek

"Surxon"ga yangi bosh direktor tayinlandi

Futbol
1 iyun, 17:15
Akmal Husonov o‘z vazifasidan ozod etilgan.
"Surxon"ga yangi bosh direktor tayinlandi
Фото: Сурхон ПФК

Termizning "Surxon" jamoasi ma'muriyatida tayinlov amalga oshirildi.

Klub matbuot xizmati taqdim etgan va Ligaga yo‘llangan rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar klub direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Akmal Husonov o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Uning bo‘shab qolgan o‘rniga Nurali Nurullayev vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, "Surxon" jamoasini hozirda Anvar G‘ofurov boshqarmoqda. Jamoa Superliganing 11 ta turidan keyin 12 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
Bugungi yangiliklar