«So‘g‘diyona» futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich bilan yo‘llarini ajratdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan. Klub murabbiyga jamoa rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilagan.
«Klubimiz Ivan Boshkovichga jamoamizdagi faoliyati uchun rahmat aytadi hamda uning keyingi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi borasidagi ma’lumotlar yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.
Avvalroq Boshkovich «So‘g‘diyona» futbolchilari bilan xayrlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.