Bugun
8
O'zbek

Saudiya Proligasi. "An Nasr" "Al Ittihodni" mag'lub etib, "Al Hilol" bilan farqni minimallashtirdi

Futbol
6 fevral, 14:35
Riyod klubi Ronaldusiz qatorasiga ikkinchi bahsda ham g'alabaga erishdi.
Saudiya Proligasi. "An Nasr" "Al Ittihodni" mag'lub etib, "Al Hilol" bilan farqni minimallashtirdi
Foto: Al Nassr
06.02.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Nassr Al Nassr 2 : 0 Al-Ittihad Al-Ittihad

Saudiya Arabistoni chempionati 21-turidan o'rin olgan markaziy bahsda "An Nasr" o'z maydonida "Al Ittihod"ni qabul qilib, so'nggi daqiqalarda Mane va Angelo urg'an gollar evaziga g'alaba qozondi.

Riyodliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati va ligadan norozilik sabab jamoasining qatorasiga ikkinchi o'yinini o'tkazib yubordi.

"An Nasr" ochkolarini 49 taga yetkazib, peshqadam "Al Hilol" (50) bilan farqni yana minimal ko'rinishga olib keldi. Jidda klubi esa 34 ochko bilan 7-pog'onada qoldi.

Saudiya Proligasi. 21-tur
An Nasr — Al Ittihod 2:0
6 fevral, "King Saud University Stadium"
Gollar: Mane (85, penalti), Angelo (90+7).
An Nasr — Bento, Al G'annam (Al Hasan, 90+5), Simakan, Al Amri, Martines, Koman (Al Hamdan, 89), Brozovich, Al Haybari (Ayman, 76), Angelo, Feliks, Mane (Bushal, 89).
Al Ittihod — Rajkovich, Al Julaydan (Barnavi, 73), Pereira, Kadesh (Haji, 90), Mitay, Dumbia, Fabinio, Ash Shanqiti (Al G'amdi, 46), Auar, Diabi, An Nosiri.
Ogohlantirishlar: Al Julaydan (28), Fabinio (49), Al G'amdi (62), Danilu (82), Koman (86),

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar